Ronald Reagan

Ronald Reygan

Ronald Reygan (inglizcha Ronald Reagan) – mashhur siyosiy faol, AQShning 40-prezidenti boʻlgan, shuningdek, Kaliforniya shtatining 33-gubernatori. 1911-yil 6-fevralda Tampiko qishlogʻida, AQShda tugʻilgan. 1928-yilda Ronald Reygan umumtaʼlim maktabini tugatib, Yureka shahridagi universitetning iqtisodiyot va sotsiologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. 1930-yillarda Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi va aktyorlik karerasini boshladi, filmlarda suratga tushdi. Jami uning ishtirokida 50 dan ortiq film chiqdi, keyinchalik AQSh Kinoaktyorlar Gildiyasi prezidenti etib saylandi. Taxminan oʻsha vaqtda uning siyosiy karerasi boshlandi. Dastlab Ronald Reagan AQSh Demokratik partiyasi aʼzosi boʻldi, 1962-yilda Respublika partiyasida ishlagan. 1966 va 1970-yillarda gubernatorlik saylovlarida gʻalaba qozondi. 1968 va 1976-yillarda partiyaning dastlabki saylovlarida prezidentlikka nomzod boʻldi, ammo magʻlubiyatga uchradi. Uchinchi marta, 1980-yilda, u gʻalaba qozondi va 1981-yilda Jimmi Karterning oʻrniga prezidentlik lavozimiga kirdi. 1983-yil mart oyida Ronald Reygan "Yulduzli urushlar" dasturini boshladi, uning maqsadi SSSRning iqtisodiy zaiflanishini taʼminlash edi. 1984-yilda yana prezidentlik saylovlarida Reygan gʻalaba qozondi, ikkinchi muddati Sovuq urushning tugashi bilan ajralib turdi. 1987-yilda AQSh va SSSR oʻrtasida "Oʻrtacha va kichik masofali raketalar toʻgʻrisidagi shartnoma" imzolandi. 1989-yilda Ronald lavozimidan ketdi, uning oʻrniga Jorj Bush- katta prezident boʻldi, u Reyganning ikki muddati davomida vitse-prezident lavozimida ishlagan. Oʻsha yili Buyuk Britaniyada Reygan Faxriy Buyuk Xoch ordeni Bat (Order of the Bath) bilan taqdirlandi, Yaponiyada esa Xrizantema ordenining Katta lentalari bilan mukofotlandi. 1995-yilda Ronald Xavfsizlik siyosati markazidan "Olov qoʻriqchisi" diplomi oldi. 2004-yil 5-iyun kuni 93 yoshida vafot etdi, 2003-yilda "The Reagans" nomli film chiqdi. Vashingtonda uning nomi bilan Ronald Reygan milliy aeroporti bor. Shuningdek, uning sharafiga "CVN-76 Ronald Reagan" nomli atom avianosiri mavjud.