Sergey Yuriyevich Galanin (1961-yil 16-noyabrda Moskva shahrida dunyoga kelgan) - Rossiyalik qo'shiq muallifi va rok-musiqachi. Moskvadagi institutda "Ko'priklar va tunnelar" fakultetida o'qigan. Metrostroy laboratoriyasida ishlagan. Birga vaqtda Lipetskdagi madaniy-ma'rifiy kollejni tamomlagan va u yerda Igor Sukahev bilan tanishgan. Ular birga bir necha qo'shiq yozib, keyinchalik "Brigada S" guruhini tashkil etishgan. 1986-yilning yanvar oyida "Rok-yolki" deb nomlangan rok-festivali bo'lib o'tgan va shu vaqtda guruh mashhur bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan Galanin va Sukahev o'rtasida ijodiy kelishmovchiliklar paydo bo'lib, bu Sergey Galaninning guruhdan ketishiga olib keldi. 1994-yilning iyun oyida Galanin o'zi "Ser'Ga" guruhini tashkil etgan va shu paytda uning birinchi yakkaxon diski "Sobachiy vals" chiqqan. Hozirgi vaqtda u shu guruh bilan chiqishlar qilmoqda. Bir necha qiziq faktlar: Galanin Moskva futbol klubi "Torpedo"ning muxlisi. Jamoa o'yinchilari bilan birga "Ty – cherno-belyi" qo'shiqini yozgan. NTV kanalidagi giyohvandlik haqidagi dasturning boshlovchisi bo'lgan. O'tgan yilda "Detskoe serdtse" qo'shiqini yozgan va uning videoklipida Ivan Ohlobystin, Garik Sukahev va Mixail Yefremov o'z farzandlari bilan birga suratga tushgan.