Shekhar Kapur – rejissor, aktyor, televedushiy va tadbirkor. Karyerasi Shekhar Kapurning Londonda buxgalter, boshqaruv maslahatchisi va iqtisodchi lavozimidan boshlangan. Keyin, Hindistonga qaytib, u mashhur aktyor, rejissor, ssenariy muallifi va prodyuserga aylangan. Uning asarlari, masalan, “Oltin asr”, “Qaroqchi malikasi” va “To‘rtta per” filmlari, “Oskar” va BAFTA kabi ko‘plab mukofotlar uchun nomzod bo‘lgan. U Endryu Lloyd Uebberning “Bombey orzular” musiqali va “Guru” (Universal) filmida ijrochi prodyuser bo‘lgan. Kapur VirginComics va VirginAnimation bilan hamkorlik qilgan, Richard Branson va Dipak Chopra bilan birga yangi qahramonlar va yangi hikoyalar yaratgan. U Kann, Tokio, Venetsiya va London xalqaro kinofestivali hay’atiga kirgan. Kapur zamonaviy texnologiyalarni, ayniqsa, o‘yin-kulgi sohasidagi yangi hikoya qilish usullari va tomoshabinlarning ta’sirini o‘rganmoqda. Shuningdek, u atrof-muhitni himoya qilish va sayyoraning kelajagi masalalari bilan shug‘ullanmoqda. Kapur The Media Development Authority of Singapore, Hindiston bosh vazirining innovatsiyalar bo‘yicha maxsus maslahat kengashi va International Global Water Challenge kabi bir qancha tashkilotlar va maslahat qo‘mitasiga a’zo. U Hindistondagi eng yuqori fuqarolik mukofotlaridan biri bo‘lgan “Padma Shri”ni millatni rivojlantirishdagi hissasi uchun olgan. 2020-yildan beri Kapur Hindiston kinematografiya va televidenie institutining prezidenti.