Villi Tokarev

Villi Tokarev – Vilen Ivanovich Tokarevning sahnaviy laqabi. U 1934 yil, 11 noyabrda Adigey avtonom viloyatidagi Chernyshev xutorida tug'ilgan. Uning oilasi 1945 yilda Dagestanda ko'chib ketgan, armiyada xizmat qilgandan keyin esa Leningradga jo'nab ketgan. U yerda Villi Tokarev Leningrad konservatoriyasida kontrabas bo'yicha ta'lim olgan. O'qishdan keyin u Edita P'ehaning "Drujba" ansamblida bir muddat o'ynagan. Uning kompozitsiyalarini ko'p estrada yulduzlari ijro etgan, ammo jazz musiqasiga doimiy ta'qiblar tufayli Tokarev Leningraddan Mirmanskka ko'chib ketgan. U yerda o'zining kompozitsiyalarini ijro etishni boshlagan. 1974 yilda musiqachining hayotida yangi bosqich boshlangan – u AQSHga ko'chib ketgan. Ijodiyatga qaytishdan oldin u taksichilik, oddiy ishchi va pochta xizmati kabi turli ishlarda ishlagan. 1979 yilda uning AQSHdagi birinchi albomi chiqqan, ammo katta muvaffaqiyatga erishmagan, ikki yildan keyin chiqqan "V shumnom balagane" albomi esa Villi Tokarevni rus tilida gaplashuvchi emigrantlar orasida mashhur qilgan. 2005 yilda musiqachi vataniga qaytib, Moskva shahridagi Kotelnaya qirg'og'ida joylashgan. Kelganidan keyin tez orada Villi Tokarev o'zining ovoz yozish studiyasini ochgan. Shuningdek, u S. Lukyanenko kitobi asosida suratga olingan mashhur "Kunduzgi qorovul" filmida ikki filmda suratga tushgan.