Vin Dizel ishtirokidagi hayajonli va tomoshabop fantaziya — “So‘nggi jodugar ovchisi” Ayovsiz jodugar ovchisi va yosh sehrgar qiz dunyoni saqlab qolish uchun birlashishiga to‘g‘ri keladi. Ilgari ashaddiy dushman bo‘lgan bu ikki kishi umumiy vazifani bajaryapti – lekin har daqiqada biri boshqasiga xiyonat qilishi mumkin... Film rejissyori – Brek Eysner, u ilgari “Ko‘rinmas odam” va “O‘g‘irlab ketilgan” kabi fantastik trillerni suratga olgan. Asosiy rolda esa jangovar filmlarning qahramoni – Vin Dizel (“Forsaj”), shuningdek, Elayja Vud (“Uzuklar hukmdori”) va “Taxtlar o‘yini” serialidagi qizilsoch yulduz – Rouz Lesli ishtirok etadi. Asosiy qahramon — Kaldur, o‘lmas va katta tajribaga ega jodugar ovchisi bo‘lib, dunyoni bosib olgan har xil sehrli yovuz kuchlarga qarshi kurashadi. Bir kuni u Qorong‘ilik malikasi insoniyatni sehrli vabo bilan zararlash uchun o‘z kuchlarini to‘playotganini bilib qoladi. U Manxettenda iblislar majlisini uyushtirib, butun dunyoga hukmronlik qilishni rejalashtirmoqda. Kaldur uni to‘xtatish uchun g‘ayrioddiy ishga qo‘l uradi – qochqin jodugar qiz bilan ittifoq tuzadi... Bu g‘alati ittifoq qanday yakun topishini bilmoqchi bo‘lsangiz, “So‘nggi jodugar ovchisi” filmini onlayn tomosha qiling.