Amerikalik muhojir Adam Jons o‘zining benazir qobiliyatlari tufayli Parijdagi eng yaxshi bosh oshpazga aylanadi, muassasa nufuzini mislsiz cho‘qqilarga ko‘taradi. Mas’uliyat yukiga chiday olmay, u yomon yo‘llarga kiradi, restoranini, do‘stlarini yo‘qotadi va Nyu-Orleanga qochib ketadi. Ikki yillik surgun, xarob barda tozalangan millionta istiridye — va Adam hech kim uni kutmaydigan Londonga yana qaytadi. Endi, Mishlenning uchinchi yulduzini qo‘lga kiritish uchun, dahoga juda ko‘p narsani o‘rganishga to‘g‘ri keladi.