Yollanma askar

Yollanma askar

Ishdan bo'satilgan serjant sirli XHKga boradi va yashirin maqsadli topshiriq oladi. Juda kech u yangi ish beruvchilarini yaxshi tanimasligini anglab qoladi. Kris Payn «Djon Uik» prodyuseridan jangari filmda.

Kino haqida

Mehribon oilaparvar ota va namunali maxsus kuchlar askari Jeyms Harper jarohatini davolashda taqiqlangan preparatlardan foydalangani uchun majburan iste’foga chiqariladi. Unga na pensiya to‘lovi, na sug‘urta tegishli, biroq ortida qarzlar va yaqinlari oldidagi majburiyatlar uyumi qoladi. Bunga baholanmagan xizmati uchun hafsalasi pir bo‘lishi va ranjish hissi qo‘shiladi. Shunga qaramay, Jeymsga ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat tushadi. Eski do‘sti namunasiga ergashib, u faxriylarni yollayotgan sirli harbiy tashkilot bilan bog‘lanadi. Ular o‘zlarini Mudofaa vazirligining pudratchilari deb atashadi. «Tez, ishonchli, qurol faqat eng zarur holatda», – chet elga qisqa topshiriqqa yuborishdan oldin Jeymsga va’da qiladilar. Ularning guruhiga terrorchilar uchun biologik qurol ishlab chiqayotgan olimni zararsizlantirish topshiriladi. Ammo joyiga yetgach, Jeyms bu operatsiyaning asl maqsadini shubha ostiga qo‘yadi. Ma’lum bo‘lishicha, uning eng qiyin qismi – uyga qaytish.

Mamlakatlar
AQSH
Janr
Jangari filmlar
Trillerlar
Dramalar
Xorijiy
Davomiylik1 hr 42 min
Yil2022
Cheklovlar18+
Tillarruscha, ingliz tili
Tagyozuvlaringliz tili, ruscha
Tasvir va ovozFull HD, HD, 5.1 ovoz
Haqiqiy sifat huquq egasining qurilmasi va cheklovlariga bogʻliq
6,9
Qiziqarli syujet
8 219 baho

Kino materiallari

Treylerlar va materiallar

Kadrlar