Sport do‘koni egasi Eddining shaxsiy hayotida omadi chopmaydi, va u hech qachon uylanmasman, deb o‘ylaydi. Sobiq seviklisining to‘yida u Layla ismli qiz bilan uchrashadi va tanishganlariga atigi bir oy bo‘lgach unga uylanish taklifini qilishga qaror qiladi. Asal oyida Eddi yosh rafiqasi nodon va rashkchi ekanini bilib oladi. U tasodifan maftunkor Miranda bilan tanishib qoladi va shoshma-shosharlik bilan qilgan nikohidan afsuslanadi, biroq Layla bilan ajrashish unchalik ham oson emasligi ma’lum bo‘ladi. Voqealar qanday rivojlanishini bilish uchun onlayn tarzda «Mening kabuslarimdagi qiz»ni tomosha qil.