Shatalovlarning super oilasi oʻz tumanlaridagi tartib-intizomni saqlaydi. Nufuzli boshliq Alyona uy-joy mulkdorlari shirkatida fidokorona mehnat qiladi, ammo ishdan tashqarida ham u xoʻjayin rolidan chiqmaydi. Bu koʻpincha uning oʻgʻli – shaxsiy hayoti qaynayotgan yosh politsiyachi Artyomga yoqmaydi. Alyonaning eri – tuman poliklinikasining tajribali shifokori Mixail bilan ham kelishmovchiliklari chiqib turadi. Xullas, Shatalovlar oilasi oʻzgalar muammosini hal qila turib, oʻz muammolariga koʻmilib qolishadi. Qanday qilib uydagi falokatning oldini olish mumkin? “Yerdagi farishtalar” oilaviy komedik serialini onlayn tomosha qiling.