Meni Sev

Meni Sev

Oʻzbekona anʼanalarga koʻra, ota-onasi Anvarni uning maktabdagi ilk muhabbati — Afruzaga uylantirishadi. Biroq toʻydan keyin u achchiq haqiqatni bilib qoladi: nikoh rafiqasining xohishiga qarshi qurilgan va u Anvarni sevmaydi.
Bepul tomosha qilish
avtorizatsiyadan keyin

Serial haqida

Yosh va prinsipial Anvar har doim oʻz oilasining anʼanalarini hurmat qilib kelgan. Shuning uchun ota-onasi unga oʻzlari kelin tanlaganliklarini eʼlon qilishganida, u rozi boʻladi. Uning hayrati va quvonchi cheksiz edi, chunki bu tanlangan qiz Afruza – u maktab davridan beri yashirincha sevib kelgan qiz boʻlib chiqdi. Taqdir unga ajoyib hadya taqdim etgandek edi. Biroq toʻy tantanasi achchiq koʻngilsizlikka aylanadi. Anvar Afroʻza majburan turmushga chiqayotqanini, uning koʻngli boshqada ekanini tushunadi. Oʻz his-tuygʻulari, oilaviy burch va sevgan ayoliga hurmat oʻrtasida boʻlinib, Anvar xotinini hech narsaga majburlamaslikka va uning koʻngli yumshagunicha kutishga vaʼda beradi. Shu tariqa ularning haqiqiy baxt sari mashaqqatli va uzoq yoʻli boshlanadi.

“Meni sev” koʻp qismli melodramasini Ivi bilan onlayn tomosha qilishingiz mumkin.

Mamlakatlar
Oʻzbekiston
Janr
Melodramalar
Xorijiy
Davomiylik1 mavsum
Yil2022
Cheklovlar18+
Tillaroʻzbek tili
Tasvir va ovozFull HD, HD
Haqiqiy sifat huquq egasining qurilmasi va cheklovlariga bogʻliq
8,1
Ivi reytingi
Film haqida fikringizni bildiring

Serial materiallari

Treylerlar va materiallar

Kadrlar