Temiryo‘l vokzalidan Grachiga yetib borishga shaharga ishi bilan kelgan mahalliy uchastka noziri Semyon Muxin yordam berishni taklif qildi. Ammo yo‘lda politsiyaning UAZigi o‘chib qoldi, Masha Dmitriyning mashinasiga o‘tiradi, ma’lum bo‘lishicha, u ham Yevdokiyaning oldiga ketayotgan ekan.
Tabib ayolning uyi yonida olomon: hamma o‘z muammolarini hal qilmoqchi. Dmitriy pul to‘lagani uchun birinchi bo‘lib kiradi. Folbin ayol uning barcha kulfatlari qo‘rquvdan ekanini aytadi. Va yordamchisi Zinaidaga «uni» qabul qilishni iltimos qilishga ulgurib, hushidan ketadi. Ammo u gap kim haqida ketayotganini tushunmaydi.