2008 yilda sud Jeymi Spirsni ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirayotgan 26 yoshli qizi — jahon pop yulduzining vasiysi etib tayinladi. Natijada Britni 13 yil davomida otasining nazorati ostida bo‘ldi, u uning moliyaviy mablag‘larini ham boshqardi. Hujjatli film loyihasi bu shov-shuvli ishga oid ikki nuqtayi nazarni ko‘rsatadi. Jeymi vasiylik Britnini xavfli inqirozdan qutqardi, deb hisoblagan, biroq xonandaning o‘zi uni zulmda aybladi. «Jeymi Britniga qarshi: Ota va qizning sud ishlari» hujjatli filmini onlayn tomosha qilish mumkin.