Artur Flek — depressiv Gotham-siti xarobalarida yashovchi millionlab odamlardan biri. U ko‘cha masxarabozi bo‘lib ishlaydi, ijtimoiy xodim nazoratida bo‘ladi va o‘zini bilgandan beri kasal onasiga g‘amxo‘rlik qiladi. Kechqurunlari ular birga Myurrey Franklinning quvnoq ko‘rsatuvini tomosha qilishadi va odatdagidek merlikka nomzod Tomas Ueyn sabab bahslashishadi. Artur — millionlab odamlardan biri. Uni hech kim payqamaydi, shu bois hech kim uning Gothamning uxlab yotgan vulqoni ekanini taxmin qila olmaydi. Unga ichidagi jinlariga erk berish kifoya, shunda butun shahar gugurtdek lovullab ketadi. Shunda omadsiz masxaraboz Artur Flekning asabiy kulgisi yovuz qahramon Jokerning samimiy qahqahasiga aylanadi.