Erining xiyonati va ketma-ket kelgan baxtsizliklardan soʻng, Tatyana hayotni yangidan boshlash uchun oʻzida kuch topadi. Rejissyor Ruslan Paushu (“Mentalist ayol”, “Uch kishi uchun bir imkoniyat”) ijodiga mansub melodrama.
Tatyana — muvaffaqiyatli biznesvumen, do‘kon egasi. Uning uch nafar voyaga yetgan farzandi, nabiralari bor. Ayol 50 yoshga to‘lganda, yubilyar ayol shuni tushunadi: yaqinlari uni unutishgan. U bayram dasturxoni boshida yolg‘iz qoldi.