Lida Zvonaryova harbiy gospitalda hamshira bo‘lib ishlaydi. U tibbiyot institutiga kirishni, shifokor diplomini olishni va qashshoqlikdan chiqib ketishni orzu qiladi. Qiz hammaga yordam berishga tayyor, ammo Lidananing o‘ziga oilada yashash oson emas. Pul doim yetishmaydi, ammo eng muhimi — uyda mehr-issiqlik yo‘q. Onasi Svetlana kenja o‘g‘li Grishani juda yaxshi ko‘radi, qiziga esa go‘yo e’tibor ham bermaydi. Svetlana Lidaning o‘qishi uchun yig‘ib qo‘yilgan pulni Grishaning to‘yiga beradi, uning xonasini ham o‘g‘liga topshirib, qiziga oshxonada tunashni taklif qiladi.