Eri tashlab ketgan Lyuba uning qarzlari bilan qolib ketadi. U banditlar taʼqibidan qutulish va hayotini yangidan boshlash uchun qizi bilan birga onasining choy plantatsiyasi joylashgan qadrdon qishlogʻiga qochib ketadi.
Lyuba plantatsiya ishini yo‘lga qo‘ymoqchi, ammo tobora kuchayib borayotgan muammolar bilan murosa qilishga majbur. Sergey yordam bermoqchi, bu esa uning unashtirilgan qizi Lizada norozilik uyg‘otadi.