Fiona — arxeolog, uning karyerasi yuksalib bormoqda, ammo o‘smir qizi Lili bilan munosabatlari allaqachon boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Qiz ichimdagini top, qo‘pol gapiradi va ota-onasining ajrashishida onasini ayblaydi. Yaqinlashishga umid qilib, Fiona Lilini o‘zi bilan afsonalarga ko‘ra majusiy ma'buda Morrigan dafn etilgan irland oroliga ekspeditsiyaga olib boradi. Fiona ma'buda — haqiqiy tarixiy shaxs ekanini isbotlamoqchi. Ammo Lili qadimiy sarkofagni ochganda, orolni bo‘ron qoplaydi va guruhni tashqi dunyodan uzib qo‘yadi. Qiz Morrigan ruhi ta'siriga tushib qoladi, u qayta tirilishni istaydi. Fiona tushunadi: qizini qutqarish uchun, qanchalik qimmatga tushmasin, unga dahshatli ma'buda haqidagi haqiqatni bilishga to‘g‘ri keladi.