Kulinariya realiti-shousi Amerikaning Kitchen Nightmares (Oshxona dahshatlari) dasturiga asoslangan. Tamoyil oddiy – zarar ko‘rib ishlayotgan umumiy ovqatlanish muassasasi egalari va xodimlariga ular aynan nimani noto‘g‘ri qilayotganini va buni qanday tuzatish mumkinligini yaqqol tushuntirish. Birinchi kun – ayovsiz tahlil, ikkinchi kun – xatolar ustida ishlash, uchinchi kun – keskin o‘zgarishlar vaqti. Konstantin Ivlev menyu, dizayn va xizmat darajasini tahlil qiladi, zaif joylarni topadi va tanqiddan tiyilmaydi. Hech ham tiyilmaydi. Murosasiz guruning shok terapiyasiga hamma ham dosh bera olmaydi, ammo u behuda maslahat bermaydi. Mo‘jiza kutishga arzimaydi, ammo mazali taom, professional jamoa, ozodalik va uslub restoranlarning ko‘z o‘ngida qayta tiklanishiga yordam beradi.