Olga va Sergey Gogolevlar 20 yildan beri nikohda baxtli yashab kelishmoqda. Ular juda ahil yashaydi, hanuzgacha bir-birlariga mehr bilan munosabatda bo‘lishadi. Ularning o‘g‘li Kostya maktabni bitirmoqda, sevgilisi Polina bilan bir guruhda chaladi, kuryer bo‘lib qo‘shimcha ishlaydi. Go‘yo ularning hayoti xotirjam va bir maromda oqayotgandek.