O‘yinchoqlar olamida beshta ajralmas do‘st — rang-barang transformator mashinachalar yashaydi. Pushti buldozer Buli, sariq ekskavator Eks, yashil avtobus Basi, qizil yuk ko‘taruvchi kran Krey va ko‘k yuk mashinasi Gru o‘ynashni hamda atrofdagi hamma narsani o‘rganishni juda yaxshi ko‘rishadi. Kichkintoy tasavvurini ishga solishi bilan mashinachalar jonlanadi: ular qiziquvchan, tinib-tinchimaslarga aylanib, sayohat qilishadi, nimanidir yasashadi va o‘z kashfiyotlari haqida quvnoq qo‘shiqlar kuylashadi. Har bir seriya — ko‘plab yangi narsalarni oson va qiziqarli tarzda bilib olishga yordam beradigan qisqa musiqiy hikoya!