Ko‘chada tilanchini do‘pposlagan afg‘on urushi veterani stajyorlarga butun bir tilanchilar mafiyasining iziga tushishga imkon beradi. Bo‘limga otasi Maslov Fedor Mixaylovichning yo‘qolganligi haqida ariza bilan bir qiz murojaat qiladi. Ma’lum bo‘ladiki, u biznesdagi ulushini sotgan va dunyoni kezishga chiqqan, vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarda ertaknamo manzarali fotosuratlarni joylab borgan. Biroq tergovni boshlagan stajyorlar yo‘qolgan odam o‘z yurtining chegaralaridan chiqmaganini aniqlaydilar…