Shouning ikkinchi mavsumida trassa murakkablashtirildi: saralash turiga ziplayn, osma karnizlar, osma bambuklar, «Titrayotgan so‘qmoq», «Aylanma yo‘l» va tik devor kiritildi. Finalda ishtirokchilarni yettita o‘rniga 8 ta yangilangan to‘siq kutardi. Boshlovchilar tarkibi o‘zgardi: Vasiliy Artemyev va Valeriya Astapovaga «Ural chuchvaralari»dan Roman Postovalov qo‘shildi — Dmitriy Maslennikov loyihani tark etdi. Supernindzya unvoni uchun Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Isroil va Xitoydan kelgan 175 nafar atlet kurashdi: chang‘i sporti bo‘yicha olimpiya chempioni Nikita Kryukov, videobloger Lesha Yanger, Xitoylik 47 yoshli murabbiy Vong Ka On Jeki hamda konchidan tortib stomatologgacha bo‘lgan o‘nlab boshqa kasb egalari. Finalga 30 kishi, superfinalga esa ikki kishi chiqdi.