Fan nomzodi Yuliya Vorobyovaning hayoti ostin-ustun boʻlib ketdi: oʻgʻli nogironlar aravachasiga mixlanadi, eri boshqa ayolga ketib qoladi, universitetdagi ishidan ham boʻshashga majbur boʻladi. Ammo Yuliya oʻzida kelajakni koʻra olish qobiliyatini kashf etgach, hammasi tubdan oʻzgaradi.
Alina Romanning uzoqlashayotganini sezadi. U Yuliyani obro‘sizlantirishga qaror qiladi: uni firibgar qilib ko‘rsatish uchun dalillarni yashirincha joylashtiradi. Roman ikkilanadi, biroq Yuliyaga mehr qo‘ygan Misha otasiga uning mehribonligi va fidoyiligi haqida gapirib beradi. Roman Yuliyaga ishonadi va Alina bilan unashtuvni bekor qiladi. U qasos olishga qasam ichadi.