Dmitriy Davydov – rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuser. U 1983 yilda Respublika Saxa (Yakutiya)da tug'ilgan. Boshlang'ich sinflar o'qituvchisi kasbini o'rgangan. O'z tug'ilgan qishlog'iga qaytib, u yerda o'smirlar klubi tashkil etgan. Yaqin vaqtgacha maktab o'qituvchisi bo'lib ishlagan. Parallel ravishda u havaskor videoroliklarni va kichik o'yin filmlarini suratga olgan. Bir muncha vaqt o'tgach, Dmitriy o'zining birinchi to'liq metrajli filmi "Koster na vetru" ssenariysini yozgan va 2014 yilda suratga olgan. Film 2016 yilda chiqqan va 20 dan ortiq xalqaro kinofestivalarda namoyish etilgan. 2019 yilda Dmitriy "Reka" va "Net boga krome menya" filmlarini chiqargan.