Maksim – rad javobini bermaydigan odamning namunasi. Kim so‘rasa, o‘shanga yordam beradi. Ammo bitta "lekin" bor – faqat do‘stlariga yordam beradi. Uy esa kutib turadi. Ota hovlima-hovli yugurib yurgan paytda, uning o‘z oilasi yordam kutadigan hech kimga ega emas. Darvoza buzilib ketmoqda, tomorqani o‘t bosgan, uy esa shunchaki yemirilib bormoqda. Xotini Liza o‘zi hammasini qilgan bo‘lardi, ammo axir kimdir uchta bolaga qarashi, ro‘zg‘orni yuritishi va ishlashi ham kerak! Holbuki, bundan 8 yil avval Maks Liza uchun mushtlashishga ham tayyor edi. Ammo hozir uyni ta’mirlash va xotiniga yordam berish o‘rniga, barcha bo‘sh vaqtini kompyuter qarshisida o‘tkazadi – tank o‘ynaydi. Shunday er "tanqlar"da bo‘lsa, oilaga kulfat.