Maksim dada – "yevrota’mir hukmdori". Birovlarning uylarini pul evaziga tom ma’noda saroylarga aylantiradi. Eshik ham o‘rnatadi, devorlarni ham, polni ham, shiftni ham – umuman olganda, hamma narsani eplaydi. Ammo o‘z uyi ko‘proq g‘orga o‘xshaydi. Simlar mixchalarga osilib turibdi, kafellar qulab tushgan, rozetkalardan biri esa hatto portlab ketgan! Uyda oila boshlig‘i divanda yotib olishni yaxshi ko‘radi, barcha ishni esa xotinining yelkasiga yuklagan. Oksana ovqat pishirishga, yig‘ishtirishga, bolalarga qarashga va ishlashga majbur. Eridan hech qanday yordam yo‘q, uy esa kichiklar uchun haqiqiy tahdidga aylangan. Sabr-toqat ham tugab bormoqda. Xo‘sh, dada-chi?