Moskva viloyatidagi Lyubersidan bo‘lgan oila boshlig‘i juda nozik tabiatli inson, uni shilinib ketgan gulqog‘ozlar, anchadan beri bo‘yalmagan uy va kirish oldidagi zinaning parodiyasidek mayda-chuydalar mutlaqo qiziqtirmaydi. Xotini Ananing iltimoslariga u javob bermaydi, hatto jahli ham chiqadi, axir u uch farzandi bilan uyda dam olib o‘tiribdi, hammasini o‘zi ham qilishi mumkin edi-ku! Xotin ham ishlashi nima bo‘pti, ijtimoiy xodimalar axir deyarli charchashmaydi, u esa landshaft dizayneri, rosa og‘ir mehnat qiladi. Bu ish mavsumiy ekani, bolalar va asta-sekin yemirilib borayotgan uy bilan esa har kuni shug‘ullanish kerakligi esa muhim emas…