Uch yil avvalgi voqealarning tafsilotlari oshkor bo‘ladi. O‘shanda Maltsev boshiga tushgan kulfatlarga Korzun aloqador emasligi aniqlanadi. Ularning umumiy dushmanlari — qotil va uning buyurtmachi xo‘jayinini qidirish uchun Maltsev va Korzun ittifoq tuzadilar. Chuma esa o‘z navbatida Maltsev tirik qolganini bilib oladi. Uch yil avval boshlagan ishini yakunlash uning uchun "professional" sha’n masalasiga aylanadi. Qonundagi o‘g‘rining o‘zi ham ovchiga, ham yemga aylanadi...