2-seriyada Belousovlar oilasi haqida hikoya qilinadi. Mariya bir necha bor eriga jiddiy vazifalarni ishonib topshirishga uringan, ammo «zo‘rg‘a» chiqqan natija tajribani takrorlash istagini butunlay so‘ndirgan – hammasini o‘zi qilgani osonroq. U shunday ham qiladi! Xonalardan birini ta’mirlash, oilani ta’minlash – barchasi nozik Mashaning yelkasida. Buning ustiga, «uy egasi»ning yolg‘iz o‘zi uyni boqish va ikki o‘g‘il hamda qizni tarbiyalash qiyinligi haqidagi ta’nalari ham bor. Ayol bunday «qo‘li gul bo‘lmagan» jufti bilan kelajakka shu qadar ishonmaydiki, umumiy farzandlari borligiga qaramay, hatto unga turmushga chiqishdan ham qo‘rqadi.