Fominlar oilasi Kaluga viloyatidagi Dvortsy qishlog‘ida yashaydi, har bir saroyning o‘z qiroli bo‘lishi kerak ekan, bu yukni Yevgeniy o‘z zimmasiga olgan. Jenya har kuni mulklarini ko‘zdan kechiradi va ko‘p sonli a’yonlariga: rafiqasi Olga hamda besh farzandiga buyruq beradi. Ammo Yevgeniy uy ishlari va bolalar tarbiyasi bilan o‘zini ko‘rsatmaydi: bu qirolning ishi emas. Olga esa bu paytda charxpalakdagi olmaxondek yugurib-yeladi: ertalabdan kechgacha homilador ayol bolalarning ishlari, ovqat pishirish, yig‘ishtirish, kir yuvish, dazmollash, qatnovlar, tomorqa, eriga qarash orasida ovora bo‘lib, o‘zi haqida butunlay unutgan. Jenya esa har qulay fursatda yotib olib, telefonda o‘ynaydi. Shu bilan birga, Yevgeniy oilaviy baxtga qo‘shayotgan hissasi aslo kam emasligiga qat’iy ishonadi. Charchoqdan hatto quloqchin taqib, katta oilaning shovqinini eshitmaslik uchun serial ko‘rishga majbur bo‘ladi. Olgasiz o‘tadigan uch kun Yevgeniyga uning ahvoli naqadar og‘irligini tushunishga yordam berarmikan yoki u hatto quloqlaridan quloqchinni ham chiqarmaydimi? Xotinsiz uch kun Yevgeniyni yerga tushirarmikan yoki uni endi fikridan qaytarib bo‘lmaydimi?