Gelendjik — afsonalarga ko‘ra xazinalarni topish mumkin bo‘lgan kurort shahar. Vladimir Plyusnin ham aynan shu ish bilan shug‘ullanadi. Vladimir metall izlagich bilan dala va o‘rmonlarda kezadi va asl xazina uning uyida — rafiqasi Anna va uch nafar farzandi ekanini hatto sezmaydi. Anna nafaqat oilaning ro‘zg‘ori bilan shug‘ullanadi, balki pul ham topadi: Vladimir birja treyderi edi, ammo bir yil avval kasodga uchradi. Hozir u xazina izlamayotgan bo‘lsa, internetda biror mashg‘ulot qidiradi. Ammo Annaga er, bolalarga esa ota kerak, buning o‘rniga esa ularda faqat divanda qimirlamay o‘rnashib olgan haykal bor.